Samarqandda dasturlash bo‘yicha “SBTUIT OPEN 2019” olimpiadasi o‘tkaziladi

2019 yil 15 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “A” binosida Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalarining 1-bosqich talabalari, akademik litsey, kollej va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha “SBTUIT OPEN 2019” olimpiadasi o‘tkaziladi.

Mazkur olimpiada qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash, rag‘batlantirish va kamolotga yetkazish jarayonida oliy ta’lim muassasasi, ota-onalar va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish hamda g‘oliblar orasidan xalqaro olimpiadalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan o‘quvchilarni aniqlash maqsadida uyushtirilmoqda.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar taqdirlanadi va eng yaxshi dasturchi qiz, eng tez ishlangan masala nominatsiyalari bo‘yicha qo‘shimcha sovrinlar topshiriladi.
Ma’lumot uchun:

Telefon: +99893 3514665
T.me/dasturchilarklubi