Samarqandda deputatlar tomonidan tuzilgan ishchi guruh ish boshladi. Ular nimani o‘rganadi?
2019 yil 13 iyun kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov raisligida o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida aholi orasiga kirib borish, partiya faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha partiya rahbari tomonidan muhim vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan bugun Samarqandda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va viloyat Kengashi xodimlaridan iborat guruhi ish boshladi.
Ishchi guruhi hududlarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan mahallalardagi xonadonlarga kirib “Har bir oila tadbirkor, “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi ijrosini o‘rganmoqda.
Mazkur topshiriqqa asosan, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi Sherali Yuldashev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatdagi har bir tumanda 400 tadan xonadonlarga kirish rejasi belgilab olindi.
Bundan tashqari, ishchi guruhi hududlardagi tadbirkorlik sub’yektlariga tashrif buyurib, ularni qiynayotgan muammolarni ham o‘rganadi.
Baxtigul Qarshiyeva,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.