Samarqandda huquqshunos ishga tiklandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 17 maydagi da’vogar Q.Z.ni javobgar Samarqand shahar “Maroqand obod” DUKga nisbatan ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
Bu haqda Zarnews.uz’ga MIBning Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi Dilshodbek Abdug‘aniyev ma’lumot berdi.
Unda muassasa mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda da’vogar Q.Z.ni ishga tiklash majburiyati yuklatilgan.
Shuningdek, muassasa mansabdor shaxslari ijro hujjatining talabini bajarmagan taqdirda Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligi bo‘yicha ogohlantirilgan. Shundan keyin, da’vogar muassasaning ishga tiklash to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan Samarqand shahar “Maroqand obod” DUKga huquqshunos lavozimiga ishga tiklangan.
Shu tariqa, sud qarori ijrosi ijro etilib, xodimning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.