“Vatanparvar” mahallasi nomiga munosib emasmi?

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi “Vatanparvar” mahallasi — “harbiylar shaharchasi”ga borgan edik.

Maqsad — harbiylar va ularning oilalari yashaydigan hudud hayotini yoritish edi. Biroq holat kutilganidek bo‘lmadi.
To‘rt mingdan ziyod aholi yashaydigan mahallada qator muammolar bor. Mahalla raisi bilan telefon orqali bog‘langanimizda mehnat ta’tilida ekanini, hududda mahalla “yettiligi” faoliyat yuritayotganini aytdi.

Hududga borganimizda esa mahalla faollari mahalla binosining ta’mirtalabligi va ishlash uchun zarur sharoitlar yaratilmaganidan noroziligini yashirib o‘tirmadi. Aholi ham yo‘l, kommunal xizmatlar va ijtimoiy masalalarga doir muammolardan shikoyat qildi.
E’tiborlisi, ushbu mahallada asosan harbiy xizmatchilar va ularning oilalari yashaydi. Vatan tinchligi uchun xizmat qilayotgan insonlar istiqomat qiladigan hududda bunday muammolarning mavjudligi mutasaddilarni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
Zarnews.uz’ni kuzatib boring, biz mavzuga yana qayta­miz.

Fazliddin Ro‘ziboyev.