Samarqandda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar reklamasi uchun yangi jurnal chop etildi
Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “INVEST IN SAMARKAND” xalqaro investitsiya forumi oldidan Samarqand viloyati hokimligi va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Madi in SAMARKAND” nomli jurnal nashr etildi.
To‘liq rangli sahifalarda chop etilgan jurnal muqovalarida Samarqandda ishlab chiqarilayotgan tibbiyot xizmatlari, sanoat va qishloq xo‘jalik, qurilish va texnika mahsulotlari hamda ishlab chiqaruvchining manzili, aloqa turlari ko‘rsatilgan.
Siz ushbu jurnaldan o‘zingizga kerakli mahsulot va ishlab chiqaruvchi manzili haqidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin.