Samarqandda isitish mavsumi 10 noyabrdan boshlandi

- Respublikamiz shahar va viloyatlarida isitish mavsumi boshlangani birin-ketin e’lon qilinmoqda. Samarqandda ham isitish mavsumi rasman boshlanganmi yoki endimi?

Sirojiddin Mardonov,
Samarqand shahri.

***

- Samarqandda ijtimoiy soha ob’yektlari hamda turar-joy binolarini isitish mavsumi 2023 yilning 10 noyabr kunidan boshlangan.

Viloyat hokimining bu haqdagi farmoyishida shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal soha korxonalarida shu sanadan kechayu kunduz ishlovchi shtablarni tashkil qilish belgilangan.

Hujjat e-qaror.gov.uz portalida e’lon qilingan va mas’ullarga aniq topshiriqlar berilgan.