Samarqandda jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi
“Samarkandskiy vestnik” gazetasi ma’lum qilishicha, musobaqalarda sportchilarimiz qatorida Koreya, Portugaliya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va boshqa mamlakatlar vakillari ham ishtirok etishadi.
- Joriy yilning fevralida Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida viloyatimiz terma jamoasi 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi, – deydi O‘zbek jang san’ati federatsiyasining viloyat bo‘limi raisi O‘lmas Meyliyev. – Bundan tashqari, 45 nafar sportchilarimiz xalqaro turnirda ishtirok etib 18 ta oltin, 14 ta kumush va 9 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Bugungi kunda Federatsiya Samarqandda o‘tkaziladigan Jahon kubogi musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.