Samarqandda “Kasblar tanlovi”ning respublika bosqichi yakunlandi
«Men kelajakman» shiori ostida o‘tkazilgan tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 70 nafardan ziyod yigit-qiz g‘oliblik uchun bellashdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, novvoychilik yo‘nalishida Past Darg‘om tumanidan Sabrina Nurullayeva, dizaynerlikda Nukus shahridan Iroda Yusupova, elekrtromontaj yo‘nalishida toshkentlik Ikrom Eshimov, payvandlash yo‘nalishida Yangihayot tumanidan Daurbek Davrenov, yosh quruvchi yo‘nalishi bo‘yicha shofirkonlik Sobirjon Nusratovlar g‘olib bo‘ldi.
Ular 2025 yilda Tayvanda o‘tkaziladigan «Worldskills Asia-2025» xalqaro kasblar musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.