Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda “Kelajak liderlari” klubi tashkil etildi

2021 yil 17 iyulda Samarqand viloyati hokimining bu haqdagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan viloyatdagi faol va tashabbuskor yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga qiziqtirish, istiqbolli kadrlar seleksiyasi orqali joylarda yuqori malakali hamda yangi avlod kadrlari zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan klub Nizomi tasdiqlandi.

Klub a’zoligiga davlat fuqarolik xizmatiga qiziqishi bor va kelajakda rahbalik lavozimlarida faoliyat yuritish istagi bo‘lgan, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishni istaydigan, liderlik qobiliyatiga ega, o‘qish va faoliyatida yutuqlarga erishgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda davlat organlari va tashkilotlarida ishlovchi 25-30 yoshdagi xodimlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov har yili bir marta o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 30 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston talabalari va yoshlari bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqida istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Kelajak liderlari” klublari tashkil etilishi kerakligini ta’kidlagan edi.