Samarqandda “Ko‘chma archa” loyihasi tashkil etildi

Xalqimiz asl baxtni farzandlari salomatligi, baxtu kamolida deb biladi. Lekin hayotning turli sinovlari bor. Agarda, ular oqqon kasalligi bilan xastalangan bo‘lsa... Murg‘ak vujudni, kichkintoylarni ushbu xastalik bilan og‘riganini eshitishni o‘zi og‘ir, bu xastalikdan qiynalayotgan bolajonlarning ahvolini tasavvur qilish og‘riqli.

Ana shunday og‘ir dard bilan kurashayotgan bolajonlarga ozgina bo‘lsa-da quvonch ulashish, ularning dillariga xushnudlik baxsh etish maqsadida «Adolat» SDP viloyat Kengashining "Ko‘chma archa" loyihasi doirasida deputatlar viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining onkogematologiya bo‘limida davolanayotgan bemor bolajonlar hamda ularning ota-onalar holidan xabar olib, bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda partiya tomonidan tashkil etilgan Yangi yil sovg‘alari bolajonlar hamda markazda davolanayotgan bemorlarga ulashildi.

Ushbu xayrli loyiha viloyatimizning bir qator tuman-shaharlarida davom etmoqda.

Gulnafisa Abdimurodova.