Samarqandda koronavirus bilan xastalangan 10 nafar fuqaro aniqlandi

🔺2021 yil 27 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82340 (+194) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:

📌1 nafari Andijon viloyatida,

📌4 nafari Buxoro viloyatida,

📌2 nafari Jizzax viloyatida,

📌4 nafari Namangan viloyatida,

📌10 nafari Samarqand viloyatida,

📌1 nafari Sirdaryo viloyatida,

📌3 nafari Farg‘ona viloyatida,

📌1 nafari Xorazm viloyatida,

📌16 nafari Toshkent viloyatida,

📌152 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

⚫️Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 626 nafarga etdi.

♻️Kecha kun davomida:

📌Buxoro viloyatida 6 nafar,

📌Farg‘ona viloyatida 7 nafar,

📌Xorazm viloyatida 6 nafar,

📌Toshkent viloyatida 15 nafar,

📌Toshkent shahrida 129 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80523 (+163) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1191 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.