Samarqandda koronavirusdan 3 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi

Bugun Samarqand viloyatida 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqdi. 

Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda sog‘ayganlarning 1 nafari 39 yoshli erkak, qolgan 2 nafari esa 39 yoshli va 18 yoshli ayollar. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1108 nafarni tashkil etmoqda.