Samarqandda koronavirusga chalinganlar kamaymoqda, tuzalayotgan bemorlar ko‘paymoqda
🔺 2021 yil 3 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101198 (+201) nafarni tashkil etmoqda.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 5 nafari Andijon viloyatida,
📌 12 nafari Buxoro viloyatida,
📌 5 nafari Jizzax viloyatida,
📌 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 3 nafari Navoiy viloyatida,
📌 6 nafari Namangan viloyatida,
📌 17 nafari Samarqand viloyatida,
📌 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 12 nafari Xorazm viloyatida,
📌 32 nafari Toshkent viloyatida,
📌 87 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha kun respublikamiz bo‘yicha 188 nafar, shundan Samarqand viloyatida 33 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97 077 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, afsuski, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 695 nafarni tashkil qildi. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 426 nafar bemor davolanmoqda.