Samarqandda Majburiy ijro byurosi faoliyati jurnalistlarga tanishtirildi Press-tur

Samarqand viloyati Majburiy ijro byurosi boshqarmasida ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlari uchun press-tur tashkil etildi. Tadbirda boshqarma Qidiruv sho‘’basi va Samarqand tumanlararo ixtisoslashtirilgan bo‘limning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan zamonaviy yondashuvi tanishtirildi.
Joriy yilda ixtisoslashtirilgan bo‘limga 293 800 ta ijro ishi (298,3 mlrd so‘m) kelib tushgan, shundan 103 951 tasi 43,5 mlrd so‘m muvaffaqiyatli ijro etildi.
Soddalashtirilgan ijro jarayonlari masofadan turib, qarzdorning yashash joyi yoki mol-mulkiga bormasdan, ma’muriy jarimalar, soliq qarzlari, davlat boji va pochta xarajatlarini undirishni ta’minlaydi.
Press-turda boshqarma faoliyatidagi islohotlar va ijro jarayonlaridagi yangiliklar muhokama qilindi, jurnalistlarning savollariga javob berildi.
Bundan tashqari, 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etayotgan jurnalist va blogerlar boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.