Samarqandda maktab binolarini ta’mirlash uchun qancha mablag‘ sarflanmoqda?

Bugungi kunda Samarqand viloyatida jami 1220 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari mavjud.
Joriy yilda Investitsiya dasturiga asosan 49 ta maktablarda 95,5 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1 ta yangi maktab binosi qurilmoqda, shuningdek, 34 ta ta’lim muassasi rekonstruksiya va 14 ta maktab mukammal ta’mirlanmoqda.
Bugungi kungacha 47 ta ta’lim muassasida qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan.
Shuningdek, joriy yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga binoan 27 ta ta’lim maskanlarida 47,1 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 306 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining qozonxonalarini almashtirish va ta’mirlash uchun 2 milliard 800 million so‘m mablag‘ ajratilgan.