Samarqandda MIB 24 milliard so‘mlik mulkni auksion savdosiga chiqardi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining «S-SH» MChJ va «A-SH» MChJ lardan da’vogar ATB «Biznesni rivojlantirish banki» Samarqand hududiy boshqarmasining foydasiga jami 2,1 mln. AQSh dollari miqdorida kredit qarzdorligi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida javobgarga tegishli, Samarqand tumani, Qorasuv mahallasida joylashgan sutni qayta ishlash va qadoqlash sexi hamda qishloq xo‘jalik texnikalarini saqlash va ta’mirlash ustaxonasi (yerdan doimiy foydalanish huquqi bilan) umumiy foydalanish maydoni 2684,66 kv.metr, bo‘lgan bino ichidagi jixozlari bilan xatlangan. Tomonlar o‘rtasida 24 milliard so‘mga baholangan holda elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.
Firdavs ShARAPOV
Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi katta inspektori.