Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda nurlanish manbasi bilan ishlaydigan korxonalar faqat Nurobodda emas

Viloyatimiz aholisini radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazidagi radiologiya laboratoriyasidagi tekshiruvlar orqali amalga oshiriladi.

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioaktiv moddalar bilan bevosita ishlaydigan xodimlar (“A” toifaga kiritilgan personallar)ning sog‘lig‘ini himoya qilish hamda ularning ish faoliyatida olgan individual dozalarini nazorat qilish maqsadida Respublika Sanitariya-epidemiologiya agentligi radiologiya bo‘linmasida tashkil etilgan termolyuminissent laboratoriyasida individual dozimetrik tekshiruvdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Radiologiya laboratoriyasi viloyat favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Sanoatgeokontexnazorat va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Viloyatda ionlantiruvchi nurlanish manbasi bilan ishlayotgan 6 ta muassasa mavjud bo‘lib, bular:

- Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Dalabog‘ qo‘rg‘onida joylashgan DUK «Uranmegeologiya» Zirabuloq.

- Samarqand shahar Gagarin ko‘chasi, 148-uyda joylashgan Markaziy geolog-geofizik ekspeditsiyasi.

- Toyloq tumani Abu Rayhon Beruniy ko‘chasida joylashgan veterinariya ilmiy tekshirish instituti.

- Samarqand shahar Anqaboy ko‘chasi, 6-uyda joylashgan SamMI 1-klinikasi radiologiya bo‘limi.

- Samarqand shahar Abduahmon Jomiy ko‘chasi, 86-uyda joylashgan Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy teshirish institutining Samarqand filiali.

- Samarqand shahar Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 86-uyda joylashgan Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy teshirish instituti Samarqand filiali radiologiya bo‘limi.