Samarqandda o‘qituvchilar qurultoyi boshlandi
Samarqand shahridagi Prezident maktabida O‘qituvchilar qurultoyi tadbirlari boshlandi.
Ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib, qurultoy mohiyatiga to‘xtaldi.
Qurultoyda boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha har bir tumandan fanlar kesimida 5 nafardan jami 320 nafar delegat ishtirok etishmoqda.
Tadbir doirasidada xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida o‘qitish metodikalari, o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, loyihaga asoslangan ta’lim, mavjud muammolar va ularni yechimi bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etilmoqda.