Samarqandda ochilgan yangi universitet 15 avgustgacha abituriyentlarni qabul qiladi
Bu haqda Zarnews.uz saytiga Davlat test markazining Samarqand viloyat bo‘limi boshlig‘i Nosir Eshonqulov ma’lum qildi:
– O‘zbekiston Respyblikasi Prezidentining 2019 yil 8 may ’’Samarqand shahrida "Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti’’ federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi, – dedi N.Eshonqulov. – Unga ko‘ra, 2019 yil 28 mayda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti hamda O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rtasida bitim imzolandi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taklifiga muvofiq Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul paramerlari tasdiqlandi.
Bunda: Filialga abityriyentlardan hujjatlarni qabul kilish 2019 yil 15 iyuldan 15 avrystgacha (shy kuni ham), kirish imtihonlarini o‘tkazish 20-30 avryst kunlari amalga oshirilishi, yuqorida qayd etilgan bitimga muvofiq, universitetga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, filial Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim sohasini nazopat qilish federal xizmatidan litsenziya olguniga qadar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabul qilishi va o‘qishni davom ettirishlari belgilab qo‘yildi.
Darvoqe, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filialiga qabul kvotasi 150 tani (45 - byudjet, 105 - kontrakt) tashkil etadi. Bakalavriat (kunduzgi) ta’lim shaklida tahsil olish istagida bo‘lgan yoshlar quyidagi oltita yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin:
1. Sport faoliyati: basketbol – 8 ta grant, 17 ta to‘lov-kontrakt (jami 25 ta);
2. Sport faoliyati: voleybol – 8 ta grant, 17 ta to‘lov-kontrakt (jami 25 ta);
3. Sport faoliyati: yengil atletika – 7 ta grant, 18 ta to‘lov-kontrakt (jami 25 ta);
4. Sport faoliyati: eshkak eshish – 8 ta grant, 17 ta to‘lov-kontrakt (jami 25 ta);
5. Sport faoliyati: tennis 7 ta grant, 18 ta to‘lov-kontrakt (jami 25 ta);
6. Sport faoliyati: futbol 7 ta grant, 18 ta to‘lov-kontrakt (jami 25 ta).