Samarqandda oilaviy korxonalar soni 9 yilda 43 tadan 7145 taga yetdi
- 21.01.2021 11:30
- 48
- Iqtisodiyot
Ishtirokchilarning tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk yoki birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub’yektlari oilaviy korxona hisoblanadi. Oilaviy korxona faoliyati ishtirokchilarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Viloyatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 7145 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2579 taga yoki 56,5 foizga ko‘pdir. Ularning 6756 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
2020 yilda 2677 oilaviy korxona yangi tashkil etildi.
Aslam XOLBOYeV,
viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim yetakchi mutaxassisi.