Samarqandda ommaviy yugurish marafoni boshlandi

Samarqanddagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm markazida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu marafon "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" doirasida "Eco-Save Aral-2025", “Talaba-yugur”, “O‘quvchi-yugur" shiorlari ostida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xalqaro xayriya va ekologik barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Ezgu g‘oya atrofida jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirgan marafonda davlat xizmatchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, harbiylar, bojxona xodimlari, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda turli yoshdagi fuqarolar sog‘lom hayot sari faol qadam tashlayapti.
Marafon yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlanadi.