Samarqandda onaga ikki farzandi qaytarildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2021 yil 1 iyuldagi qaroriga asosan qarzdor Z.A.dan undiruvchi E.D.ning foydasiga ikki nafar farzandlarini olib berish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Qarzdor Z.A.ga davlat ijrochi tomonidan tegishli tartibda ogohlantirish berilgan.
Olib borilgan majburiy ijro choralari davomida Z.A.dan undiruvchi E.D.ga ikki nafar farzandlari olib berildi.
Da’vogar tomonidan olib berilishi so‘ralayotgan bolalar hali voyaga yetmagan, ular ko‘proq onaning parvarishiga, mehriga muhtoj. Voyaga yetmagan bolalar javobgar bilan birga yashab kelgan, ona tabiatan otaga nisbatan bolalarga ko‘proq mehribon. Ularning o‘z vaqtida ovqatlanishi, kiyimlarini toza bo‘lishida onaning o‘rni muhim ekanligiga alohida e’tibor qaratilib, amaldagi qonun talablaridan kelib chiqib, da’vogar onaning javobgar otaga nisbatan bolalarni o‘z qaramog‘iga olib berish haqidagi da’vo talabi qanoatlantirildi.
Oxun BERDIYeV, MIB Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi.