Samarqandda o‘qituvchilar o‘quvchilarning uyiga borib dars o‘tishga majburlangani rostmi?
- 09.04.2020 15:10
- 359
- Ta’lim
AOKA shtabida Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Doniyor Ermatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan "Samarqand viloyatidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Maktab direktori bolalarning uyiga borib dars o‘tib kelasizlar, deb majburlamoqda. Biz har bir o‘quvchini uyiga borib dars o‘tsak, virus tashuvchi bo‘lib qolmaymizmi?" degan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
– Xalq ta’limi vazirligi buyrug‘i bilan to‘rtinchi chorakda o‘quvchilar videodarslar yordamida ta’lim olishi belgilangan. Omma uchun e’lon qilingan buyruqda o‘qituvchilarning masofadan ishlashlari bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Mazkur holatni Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi masofadan o‘rganib chiqdi va xabar asossiz ekanini ta’kidlamoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- 53 daqiqa avval
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Bugun, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Bugun, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Bugun, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Bugun, 16:30
- Dolzarb