Samarqandda pora evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Har yili yo‘l-transport hodisalarida yuzlab odamlar halok bo‘ladi yoki jarohatlanadi. Bu holatlarda ayrim shaxslarning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, odamlarning ishonchini suiiste’mol qiluvchi harakatlari, ya’ni ma’lum pul evaziga o‘qimagan yoki avtoulovni biror marta boshqarmagan shaxslarga "prava" olib beradiganlar ham rol o‘ynaydi.
Xususan, Samarqand shahridagi avtomaktablardan birining xodimi va uning hamkori o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, avtomaktab o‘quvchisiga haydovchilik guvohnomasini 2 oy ichida rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning uchun "mijozi" o‘qishi shart emasligi, faqatgina fotosuratini taqdim qilishi kifoya ekanligini aytib, bu "xizmat"i evaziga 25 mln. so‘m talab qilib, kelishilgan pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.