Samarqandda qancha maydon tomchilatib sug‘oriladi?
Ishtixon tumanida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi vositalardan foydalanish rivojlanmoqda. 2019 yilgacha tumanda 2193 gektar paxta va 248 gektar bog‘ maydonlari ana shu tizimda sug‘orilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 3164,5 gektarga yetkazildi.
Bu tizim suvni tejash bilan birga hosildorlikning ortishida ham muhim hisoblanadi. Shu bois, 2021 yildan tumanda 700 gektar paxta va 236 gektar bog‘ maydonlarini shu usulda sug‘orish rejalashtirilgan.
Oqdaryo tumanida esa 2019 yilda “Pyri Milki Oqdaryo” fermer xo‘jaligi tomonidan 630 gektar, shundan 500 gektar paxta, 130 gektar g‘alla ekinlari tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida yetishtirildi. Zamonaviy texnologiya yordamida o‘rtacha hosildorlik 35-40 sentnerni tashkil etdi. 2020 yilda ham shu mazkur fermer xo‘jaligi tomonidan 500 gektar paxta shu usulda yetishtirildi. 2021 yil tumanda 1200 gektar maydonda, shundan 1000 paxta 200 gektar sabzavot maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llaniladi.
Tahririyatdan: Afsuski, ikki haftadan buyon viloyatda joriy yil va kelgusi yilda qancha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilishi to‘g‘risida viloyat Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasidan ma’lumot ololmadik. Bu ma’lumotlar sir saqlanadimi?