Samarqandda rahbarlarning feysbukda sahifasi bo‘lishi lozim
Bugun Samarqand shahrida ShHT samittiga tayyorgarlik bo‘yicha shtablar faoliyatiga bag‘ishla b o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi E.Turdimov “Endi viloyat gaz, elektr tarmoqlari, suvoqova, avtoyo‘l va transport xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining sahifalarini ochishi va xalq bilan yaqindan muloqotda bo‘lishi kerak" deb qat’iy ta’kidladi. Ikki kun ichida ushbu tashkilotlar avval feysbukda sahifa ochib, xalqning savollariga javob beradi, muammolari bo‘lsa hal etadi.
E.Turdimov 15 iyul kuni o‘tkazilgan viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘iga ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochib, xalq bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq bergan edi.