Samarqandda “S5+1” shiori ostida Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy konferensiya o‘tkaziladi

Joriy yilning 11-13 oktyabr kunlari Samarqandda “Yadroviy kontrabandaga qarshi kurashish” mavzusida “S5+1” shiori ostida Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada AQSh, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan radiatsiya xavfsizligiga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etilishi ko‘zda tutilgan.

Bugun viloyat bojxona boshqarmasi rahbariyati boshchiligida delegatsiya ishtirokchilari Samarqand temir yo‘l vokzalida kutib olindi.

O‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator tadbirlar doirasida 11 oktyabr kuni Samarqand xalqaro aeroporti chegara bojxona posti uchun taqdim etilgan radiatsiyani aniqlovchi uskunalarni rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.