Samarqandda shaxmat qahvaxonasi ochildi
Samarqand shahridagi ishtahaochar ko‘chasida yana bir yangilik. Orzu Mahmudov nomidagi gastronomik ko‘chada “Shaxmat qahvaxonasi” o‘z faoliyatini boshladi.
- Mazkur g‘oyaning paydo bo‘lishiga Prezidentimizning “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori sabab bo‘ldi, - deydi tadbirkor Komiljon Negmatov. – Qahvaxonada mijozlar ovqatlanish bilan bir qatorda shaxmat o‘ynashi, shuningdek, uyg‘ur va milliy taomlarni tatib ko‘rishi mumkin.
Kafe shaxmat muxlislariga mo‘ljallangan. Uning ichki qismi xuddi uy kabi qulay va shinam bo‘lib, bu yerda shaxmat o‘yinidan keyin ham o‘tirib dam olish, ham taomlar iste’mol qilish imkoni mavjud. Shuningdek, ushbu kafeda shaxmat turnirlari, mahorat darslar va ko‘rgazmali shaxmat tadbirlari o‘tkazish uchun joy ajratilgan.
Samarqand viloyat turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati.