Samarqandda soxta PZR-test natijalarini tayyorlab sotayotganlar ushlandi
30 aprel kuni IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Samarqand xalqaro aeroporti yaqinida bir guruh shaxslar tezkor tadbirga “mijoz” sifatida jalb qilingan “S” ismli shaxsga “qisqa muddatda 400 ming so‘mga ekspress tahlil natijasini tayyorlab berish”ni taklif qilgan.
Olib borilgan tekshiruv harakatlari natijasida ushbu shaxslar “AKMAL TRANS” MChJda kirakash bo‘lib ishlovchi, Samarqand shahar Xo‘jaqishloq mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan A.R. va Samarqand shahar Bulvar dahasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan O.N. ekanligi aniqlangan.
IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.