Samarqandda talabalar jinoyatchiligi nega oshgan?

«Keksalar haftaligi», shuningdek, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlaridan biri Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida o‘tkazildi.
Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik Kengashi, Markaziy harbiy okrug faxriylar kengashi, viloyat faxriylar kengashi, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar boshqarmalari, «Istiqbolli avlod» NNT viloyat bo‘linmasi hamda viloyat narkologiya dispanseridan tashrif buyurgan mas’ullar talaba-yoshlarga vatanni sevish, uni ardoqlash, vatanparvarlik tuyg‘ularining kamol topishi, bugungi kundagi ijtimoiy vaziyat, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor, shu bilan birga viloyatda talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oshib borayotganligi haqida fikr bildirdi, tahlil qildi.
Oliy ta’lim dargohlarida yoshlar bilan ishlovchi prorektorlar, bo‘limlar, tyutorlar, yetakchilar va yangidan tashkil etilgan inspektorlar faoliyati bu jarayonlarda unchalik sezilmayotganligi mas’ullar tomonidan alohida aytib o‘tildi.
Ma’lumot uchun: joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 67 ta turli jinoyatlar sodir etilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 taga oshganligi achinarlidir va bu borada ko‘plab amaliy ishlarni tashkil etishni vaziyatning o‘zi ko‘rsatmoqda.