Samarqandda ta’mirtalab uy-joylar uchun 12 milliard so‘m ajratiladi
Samarqand shahar “Ma’rifat”, “Azizon” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi oilalarning ta’mirtalab uy-joylarining tom va fasad qismini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratiladi.
Bunday ishlar Samarqand tumani “O‘zbekkenti” mahallasida ham amalga oshiriladi.
Buning uchun viloyat “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 12 mlrd. so‘m yo‘naltiriladi.
Aslida qayd etilgan ta’mirlash bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov taklif kiritgan.
Taklif xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan ma’qullangan.