Samarqandda Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti ochildi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Turkiyaning Istanbul va Marmara universitetlari bilan tuzilgan akademik va ilmiy hamkorolik doirasida Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lishi xalqimizning turk dunyosi bilan aloqalarini yanada kuchaytirdi. Bu esa qardosh xalqlarning tili, adabiyoti, madaniyatini chuqurroq o‘rganish, tahlil qilishni taqazo etadi. Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti ana shu maqsadda tashkil etildi.
Loyiha Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan moliyalashtirilmoqda. Uning ochilish marosimida agentlik prezidentining o‘rinbosari Mahmut Chevik, Samarqanddagi Turkiya Respublikasi bosh konsuli Salih Janer, viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov, ilmiy-pedagogik jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda institut uchun Turkiyadan 8 mingdan ziyod qimmatli kitoblar keltirilishi ma’lum qilindi. Universitet tomonidan esa bu kitob fondiga 1000 dan ziyod adabiyot qo‘shiladi.
Samarqand davlat universiteti axborot xizmati.