Samarqandda xizmat ko‘rsatish ko‘lami kengaymoqda

Bu qay yo‘sinda tashkil etilyapti?

Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, har bir mahallada 21, shaharlar va tumanlarda 71 turdagi zaruriy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish choralari ko‘rilyapti.

Bu borada joriy yilda qo‘shimcha 10 mingta xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 4 593 ta, shundan 1055 ta yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan viloyatga 160 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha 183 ta loyiha shakllantirilgan.

Misol uchun, Past Darg‘om tumanida "Chicago Maktabi" MChJ tomonidan qiymati 2,8 mlrd. so‘mlik (shundan 1,5 mlrd. so‘m bank krediti) nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etilmoqda. Muassasada 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Paxtachi, Samarqand va Qo‘shrabot tumanlarida yirik savdo komplekslarini tashkil etish loyihalari amalga oshirilmoqda.