Samarqandda yana 17 nafar bemor sog‘aydi
Samarqand viloyatida 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (5 nafardan Samarqand shahri va Toyloq tumanidan, 2 nafardan Oqdaryo va Payariq tumanidan, Past Darg‘om, Narpay va Samarqand tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 10 nafari erkak, 7 nafari ayol, yoshi kattasi 52 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq.
Viloyatda shu paytga qadar 52 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 69 nafarga yetdi.
Bugun ayni paytga qadar 82 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1738 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.