Samarqandda yana 3 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Samarqand viloyatida 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalib chiqqanlarning 1 nafari 47 yoshli erkak, 2 nafari esa 43 yoshli va 42 yoshli ayollar bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning barchasi Samarqand viloyatidan.
Samarqand viloyatida shu paytga qadar 175 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 178 nafarga yetdi.
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugunning o‘zida 34 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2372 nafarni tashkil etmoqda.