Samarqandda yana 4 nafar bemor tuzaldi
Ayni soatlarda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
❗️Andijonda tuzalganlarning barchasi Andijon shahridan bo‘lib, 2 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 36 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan chaqaloq. Viloyatda ayni paytga qadar 169 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular soni 174 nafarga yetdi.
❗️Samarqandda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Pastarg‘om, Ishtixon, Oqdaryo tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichiga 36 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 254 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 258 nafarga yetdi.
‼️Shunday qilib, bugun 26 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2694 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.