Samarqandda yaqin kunlarda ilk superekran ishga tushadi

Samarqanddagi Ko‘ksaroy maydonidagi 12 qavatli binoda ilk marotaba svetdiodli ekran ishga tushadi. Ming kvadrat metr maydonni egallaydigan ushbu superekran Toshkentdagi  "O‘zbekiston” mehmonxonasi fasadidagi kabi ekran bo‘lib, unda ijtimoiy roliklar hamda Samarqandning tarixiy obidalari namoyish etiladi.

Ayni paytda ekranni qurish ishlari sanoat alpinizmi xizmatlarini ko‘rsatuvchi viloyatdagi yagona «Komfort fasad dizayn» MChJ  tomonidan amalga oshirilmoqda.

Umid qilamizki yaqin kunlarda samarqandliklar hamda shahrimiz mehmonlari innovatsion reklama tomoshasidan bahramand bo‘lishadi.

A.Pavlenko,

A.Xaritonov tushirgan suratlar.