“Shuyam eksponat bo‘ldi-yu”
2011 yilning noyabr oyida Germaniyaning Dortmund shahridagi muzeyda ishlaydigan farrosh ayol 800 ming yevroga sug‘urtalangan zamonaviy san’at asarini yo‘q qilib yubordi.
“Shiftdan toma boshlaganda” deb nomlangan san’at asari yuqoridan oqib tushgan iflos suyuqlikdan ajralib chiqqan cho‘kindisi bor tog‘oradan iborat edi. Tozalovchi ayol tog‘orani tozalab qo‘yib, shu bilan zamonaviy san’at tarixidagi eng kuchli vandalizm harakatlaridan birini amalga oshirdi...
***

2014 yilning fevralida xuddi shunday voqea Italiyada sodir bo‘ldi.
Bari shahridagi muzey tozalovchisi bir nechta g‘ijimlangan qog‘oz bo‘laklarini tashlab yuborib, stol ustidagi pechene bo‘laklarini supurib tashladi. Keyinchalik bu ushoqlar 10 000 yevrolik installyasiyaning bir qismi bo‘lganligi aniqlandi.
***

Uchinchi shunga o‘xshash hodisa bir yil o‘tib yana Italiyaning Bolsanosida qayd etildi.
Polga sochilgan shishalar, sigaret qoldiqlari va konfetlardan iborat tartibsizlikka duch kelgan ayol albatta, hamma narsani tozalab tashladi... Bu installyasiyaning nomi “Bugun kechqurun qayerda raqsga tushamiz?” bo‘lgan ekan.
Bahora tayyorladi.