Samarqandda zamonaviy raqs tanlovi o‘tkazildi
Ilk marta o‘tkazilgan tanlovda 20 dan ortiq raqs jamoalari “Street-dance” – ko‘cha raqsi, “Freestyle” – erkin uslub, “Hip-hop”, “Dance Hall”, “Popping” va “B-Boying” yo‘nalishlarida yakkalik va jamoaviy raqs chiqishlari namoyish etildi.
– Barcha jamoalar mazkur tanlovga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rgani yaqqol ko‘rindi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bo‘lim boshli²i Denis Kim. – Qolaversa, mazkur ijodiy tanlov yoshlarning zamonaviy raqs turlariga qiziqishi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Yakunda ijrosi eng yaxshi deb topilgan Inverx jamoasi va yakkaxon raqs yo‘nalishida Albert Petrosyan respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Elyor ULUG‘MURODOV.