Samarqanddagi barcha maktab va bog‘chalarda parazitar kasalliklarni aniqlash uchun bolalardan bepul tahlil olinmoqda
Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, fevral-mart oylarida barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida parazitar kasalliklarni aniqlash maqsadida tahlillar olib borilmoqda.
Tahlil uchun namunalarni maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘zida muassasa hamshiralari orqali yetkazib, ota-onalar muassasaning o‘zida kasallik bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, yashash hududlaridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarida ham mazkur tahllillarni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Tahlillar bepul amalga oshiriladi.
Agar ushbu jarayonlarda muammoga duch kelsangiz (90)6577815 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin, deyiladi
viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi axborot xizmati xabarida.