Samarqanddagi institut talabalari Yaponiyada amaliyot o‘taydi
Davlatimiz rahbarining shu kunlarda Yaponiyaga rasmiy tashrifi munosabati bilan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori, professor Shavkat Hasanov ham kunchiqar mamlakatda bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Jumladan, Sh.Hasanov Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universiteti professori Yoshiko Kavabata bilan uchrashuvda JICA ko‘magida amalga oshirilayotgan “Samarqand viloyatida xurmoni quritish orqali aholi daromadlarini oshirish” loyihasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
YUIME INC. kompaniyasi ijrochi direktori Yoshikazu Eshiro bilan uchrashuvda mazkur kompaniya bilan JICA ko‘magida amalga oshirilayotgan GROW loyihasi doirasida institut talabalarining Yaponiyada haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi hamda bitiruvchilar uchun Yaponiyada dastlabki 5 yil ishlashni tashkil etish, institutda yapon tilini o‘rgatish markazi faoliyatini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
GROW loyihasini 2026 yil yanvardan amalga oshirish rejalashtirilgan.