Samarqanddagi oliy o‘quv yurtlari karantindan xolimi?
Bugun yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga kirishildi. O‘z navbatida, qabul komissiyalari ham faoliyat boshladi.
Bugungi jarayonlar hamda qabul komissiyalari ishi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahridagi bir qator oliy o‘quv yurtlarida bo‘ldik. Ana shu paytda bir jihat e’tiborimizni tortdi, ya’ni bugun barcha korxona va tashkilotlar, muassasalar kirish qismida dezinfeksion tunnellar o‘rnatilib, xodimlar va ushbu binolarga keluvchilar xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilgan bir sharoitda Samarqand davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari binolariga kirish eshiklari va darvozalari oldida bunday tunnellarni ko‘rmadik.
Nima, bu dargohlar koronavirus infeksiyasidan himoyalanishning boshqa yo‘llarini topganmi?..