Samarqanddagi pochtaning tarixiy binosi buzilmaydi

“O‘zbekiston pochtasi” Samarqand tumanlararo bog‘lamasi boshlig‘i Sh.Ahmedov holat yuzasidan shunday ma’lumot taqdim etdi:

“... Mazkur hududda Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli o‘quv binosi quriladi. Lekin ushbu binoning qurilishi madaniy-tarixiy hisoblangan pochta binosidan 12 metr olisda olib boriladi. Qurilish ishlarining tarixiy binoga hech qanday ta’siri yo‘q. Ikkinchidan, o‘quv binosining bir qismi qurilishi rejalashtirilgan xat-xabar almashinuvi binosi tarixiy-madaniy obida sirasiga kirmaydi. Shuni eslatib o‘tamizki, shahar pochtasi faoliyati uchun yaqin kunlarda hozirgidanda yaxshiroq sharoitga ega boshqa bino beriladi”.

Buzilishi rejalashtirilgan bino madaniy-tarixiy inshoot emasligi haqida Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasining ham xulosasi bor.

Xullas, buzilayotgan bino – Mironshoh Mirzo ko‘chasi, 19-uy tarixiy bino emas. Ammo shuni eslatib o‘tishimiz kerakki, ayni shu hududdagi Mustaqillik ko‘chasi, 28-manzil va Pushkin ko‘chasi 3-uy tarixiy bino hisoblanadi. Ularning buzilish xavfi yo‘q.

Anvar MUSTAFOQULOV.


Maqolaning to‘liq matnini "Zarafshon" gazetasining 69-sonida o‘qing!