Samarqanddagi sobiq maktab va poliklinika “nol” qiymatda beriladi

Bu Camarqand viloyati hokimligining 2018 yil 14 fevraldagi 92-Q-sonli qarorining 2 ilovasi va  Camarqand viloyati hokimligi hududiy komissiyasining 2018 yil 30 martdagi 04-3-179-sonli yig‘ilish bayoniga asosan amalga oshirilmoqda.

Sobiq musiqa va san’at maktabi binosi nodavlat ta’lim muassasasit tashkil etish uchun beriladi. Buning uchun esa 5 milliard so‘m investitsiya kiritish lozim bo‘ladi.

2,5 milliard investitsiya kiritish evaziga esa sobiq usmirlar va talabalar poliklinikasida davolash va diagnostika, statsionar xizmat ko‘rsatish, EXOEG, EKG, LOR, Videogastraskop, IFA analizator, bioximik analizator, gematologik analizator, Urinoanalizator, EEG, UZI-3D, stomatologiya, urologiya va ginekologiya xizmatlarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Tanlov 2018 yilning 10 may kuni Samarqand viloyati hokimligida o‘tkaziladi. O‘sha kuni talabgorlarning takliflari bildirilgan konvertlar ochiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Davlat raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat etish mumkin.