Samarqanddan Qozonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
"Air Marakanda" kompaniyasi va "UVT aeroo" aviakompaniyasi bilan hamkorlik doirasida Tatariston poytaxti – Qozonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi.
Parvozlar haftada bir marta-yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
➖Qozondan jo‘nab ketish soat 22:35 da – Samarqandga kelish vaqti soat 04:15 da (yakshanba kuni).
➖Samarqanddan uchib ketish - soat 05:15 da, Qozon aeroportiga yetib borish - soat 06:55 da. Har bir aeroport uchun vaqt mahalliy berilgan.
Shaharlar orasidagi parvoz taxminan 3 soat davom etadi.
Chiptalarni avikompaniya veb-saytida va Samarqand xalqaro aeroportining 24 soatlik chiptaxonasida sotib olish mumkin.