Samarqandga Xitoydan yangi avtobuslar olib kelindi
Samarqand shahrida turistik yo‘nalishda sakkiz yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Azim Travel service” hamda “CATO E MOTORS” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi 6 ta ASIASTAR rusumli avtobuslar olib kelindi.
Korxona rahbariyati ma’lumotlariga ko‘ra, avtobuslar o‘z mablag‘lari hamda kredit hisobiga Xitoy Xalq Respublikasining “Yangzhou Yaxing Motor Coach Co. LTD” korxonasidan xarid qilingan.
Avtobuslarning beshtasi 60 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Qolgan bittasi esa 35 nafar yo‘lovchi sig‘imiga ega. Avtobuslar sayyohlik sohasida xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.