“Samarqandga xos va mos g‘alaba”

Respublikamizda xotin-qizlar sportini yanada ommalashtirish, ularni jismonan sog‘lomlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kasaba uyushmalar kengashi tomonidan ishchi xodimlarni, ayniqsa, xotin-qizlarni doimiy ravishda sportga jalb qilish, tarmoq tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga rioya etilishini targ‘ib etish, sport bilan muntazam shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan “Biz sportchi qizlarmiz” shiori ostida tarmoq tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqaning Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichida Samarqand viloyat jamoasi Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida o‘tkazilgan musobaqaning respublika final uchrashuvida Samarqand viloyat jamoasi faxrli  birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika kengashining “Ko‘chma kubogi” sohibi bo‘lishdi.

Bundan tashqari, jamoa darvozaboni Maftuna Abdurashidova Respublika kengashi raisi Sh.Dexqonovning taklifiga binoan “Vitse malika”si sovrini bilan ham taqdirlandi.

J.Ochilov.