Samarqandlik 5 nafar o‘quvchi "Asosiy fanlar olimpiadasi"ning final bosqichida g‘olib bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Toshkentda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada Samarqand shahridagi 55-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Kamoliddin Daniyarov rus tili fanidan, Samarqand tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mehribon Mardonova tojik tili fanidan 1-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, Samarqand shahridagi TATU akademik litseyi o‘quvchisi Diyora Norbo‘tayeva o‘zbek tili fanidan 2-o‘rinni, Toyloq tumanidagi 21-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Shirin Muhammadaminova o‘zbek tili fanidan 3-o‘rinni, Samarqand shahar “Nurli maskan” 59-maktab-internati o‘quvchisi Sheroz Sa’dullayev tarix fanidan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, xorijiy tillar, ona tili va adabiyoti hamda tabiiy fanlar bo‘yicha asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi 28-31 mart kunlari Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkaziladi.