Samarqandlik abituriyentlarning 18 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi
- 06.09.2022 09:03
- 305
- Ta’lim
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limining Zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, bu yil viloyatda oliy ta’lim muassasalariga 20690 nafar talaba test sinovlari asosida o‘qishga qabul qilindi.
Ulardan 3871 nafari davlat granti, 16819 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.
O‘qishga qabul qilingan talabalarning 13364 nafari kunduzgi, 4754 nafari sirtqi, 2249 nafari kechki, 322 nafari masofaviy ta’lim shaklida tahsil oladi.
Ushbu ko‘rsatkich, viloyatda o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlarning 18 foizini tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha bu yil viloyatimiz yoshlari oliy ta’limga o‘qishga kirish bo‘yicha yettinchi o‘rinni egalladi.
Birinchi uchlikdan Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Navoiy viloyati o‘rin olgan bo‘lsa, oxirgi uchlikni Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari egallagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa