Samarqandlik Afruza 10 yoshida jahon chempioni bo‘ldi

Belarusning Minsk shahrida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tgan rapid, blits bo‘yicha III Jahon chempionatida O‘zbekiston nomidan qatnashgan samarqandlik Afruza Hamdamova va Ruqiya Olimova o‘z yosh toifasida g‘olib bo‘ldi.

Musobaqada FIDE sport ustaligiga nomzodlar Ruqiya Olimova rapid yo‘nalishida 8 yoshgacha bo‘lganlar orasida kumush medalga egalik qilgan bo‘lsa, 10 yoshlilar o‘rtasida Afruza Hamdamova blits yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi.

Yakunda, terma jamoamiz umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi.                                                        Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Minskda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Ruqiya Olimova blits yo‘nalishida 8 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida kumush medal sohibasi, Afruza Hamdamova esa blits yo‘nalishida chempionlikni, rapidda esa ikkinchi o‘ringa sazovar bo‘lgan edi.